Yo'nalishlar
2021-03-11 11:56:08 1271
Umumta’lim maktablarining 9-sinfi bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish, o’quvchilarni tanlagan kasb bo’yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko’nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
Muassasa 600 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 1 ta uch qavatli o’quv bino, 1 ta sport zal, 1 ta faollari zali, 20427 fondga ega Axborot kutubxona markazi hamda 140 o’rinli oshxonadan iborat. O’quv binosida 17 ta o’quv xonalari, 2 ta kompьyuter sinfi, 3 ta laboratoriya xonalari va 6 ta tikuvchilik ustaxonalari mavjud.
Kasb-hunar maktabiga 2020-2021 o’quv yilida quyidagi kasblar bo’yicha jami 309 nafar o’quvchilar qabul qilindi.
- Tikuvchi
- Yakka tartibdagi kiyim tikuvchisi
- Sotuvchi, nazoratchi-kassir
- Axborot vositalari mashinalari va kompьyuter tarmoqlari operatori
- Avtomobillarni ta’mirlash chilangari
- Chilangar
Bugungi kunda o’quvchilarga jami 26 nafar pedagog-xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Ulardan 15 nafari umuta’lim fan o’qituvchilari, 4 nafari maxsus fan o’qituvchilari va 7 nafari ishlab chiqarish ta’limi ustalari. Pedagog-xodimlarning 24 nafari oliy ma’lumotli, 2 nafari o’rta – maxsus ma’lumotga ega .