Kasb-hunar maktabi haqda
2021-03-11 11:53:16 594
Marg’ilon shahar 1-son kasb-hunar maktabi 1977 yilda 175-hunar-texnika bilim yurti nomi bilan faoliyat boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-2005 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag’ bilan ta’minlash to’g’risidagi 409-sonli qarori, 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi Nizomi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad vazifalarini bosqichma-bosqich ro’yobga chiqarish, O’zbekiston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2000 yil 27 oktyabrdagi 215/2-sonli, hududiy boshqarmaning 2001 yil 5 iyundagi 102-sonli buyruqlari hamda Marg’ilon shahar hokimining 2001 yil 29 sentyabrdagi 627-son qarori bilan Marg’ilon yengil sanoat kasb-hunar kolleji maqomi berilgan. Muassasa 2020-2021 o’quv yilidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812 son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O’zbekistonda uzluksiz boshlang’ich o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi me’yoriy-xuquqiy xujjjatlarni tasdiqlash to’g’risida” gi 466 –sonli qarori qaroriga asosan Marg’ilon shahar hokimining 2020 yil 4 noyabrdagi 411-son qarori bilan Marg’ilon shahar 1-son kasb-hunar maktabi maqomi bilan faoliyat yuritmoqda.
Kasb-hunar maktabining joylashgan joyi: Farg’ona viloyati, Marg’ilon shahar B.Marg’iloniy ko’cha 2-uy, pochta manzili 115100.